Xivadagi yodgorliklarni taʼmirlash ishlarida xitoylik mutaxassislar ham qatnashadi 

13:37 16 Fevral 2023 Madaniyat
751 0

Tarixiy shahar Xivadagi yodgorliklarni taʼmirlash boʻyicha bir qancha xorijiy mamlakatlar qatori xitoylik mutaxassislar bilan ham hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Kecha Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasining savdo-iqtisodiyot masalalari boʻyicha maslahatchisi Szin Yuylun boshchiligidagi mutaxassislar Xiva shahriga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarga Madaniy meros agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshligʻi Ergash Solayev, “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi direktori Shakir Madaminov va boshqa masʼullar hamrohlik qilishdi.

Mehmonlar xitoylik ustalar tomonidan bundan bir necha yil oldin taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan Amir toʻra madrasasi va Hasanmurod qushbegi masjidi bilan yaqindan tanishdilar. Kelgusidagi bu borada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan maslahatlashib oldilar.

Shuningdek mehmonlar, muzey shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?