Xivada Oʻzbekiston—Eron biznes-forumi oʻtkazildi
Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Xiva shahridagi “Farovon” mehmonxonasida Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xoʻjaligi palatasi boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Oʻzbekiston—Eron biznes-forumi oʻtkazildi. Mazkur tadbir Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi, Savdo-sanoat palatasi, Xorazm viloyati hokimligi hamda Eron tomoni hamkorligida tashkil etildi. Ikki davlatning ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda sanoat, innovatsiya, qishloq va suv xoʻjaligi, oziq-ovqat, baliqchilik, qurilish materiallari, dori-darmon va farmatsevtika, toʻqimachilik, logistika va muhandislik sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Forum doirasida Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xoʻjaligi palatasi prezidenti Samad Hasanzoda bilan muloqotda boʻldi. Shuningdek, Eron biznes doiralari vakillari hamda Xorazm viloyati ishbilarmonlari oʻrtasida V2V formatdagi muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Soʻz anjuman ishtirokchilarga!
Samad Hasanzoda,
Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xoʻjaligi palatasi prezidenti:
— Avvalo, qadimiy Xorazm zaminiga tashrifimizdan benihoya xursandligimizni, bizga boʻlgan yuksak eʼtibor va samimiy mehmondoʻstlik uchun cheksiz tashakkurimizni izhor etmoqchiman. Tashrifimizdan maqsad Xorazm viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish va viloyatning ishbilarmon doiralari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatishdan iborat. Tashrif davomida “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida boʻlib, uning imkoniyatlari bilan tanishdik. Oʻzbekiston – Eron biznes forumida Erondan 50 dan ortiq kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Oʻzaro muloqotlarimiz juda samarali oʻtdi va savdo-iqtisodiy sohalarda qator kelishuvlarga erishdik.
Umidbek Safarov,
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari:
— Bugun Oʻzbekiston butun dunyo ishbilarmonlarining eʼtiborida, nazarida desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar va huquqiy kafolatlar yurtimizning sarmoyaviy jozibadorligini oshirmoqda. Bugungi forum davlatimiz rahbarining Eron Islom Respublikasiga amaliy tashrifining mantiqiy davomi, desak toʻgʻri boʻladi. Anjumanda ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona va birodarlik munosabatlari jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda Eron sarmoyasi ishtirokida 268 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 2023-yilda oʻzaro savdo 503,4 mln. dollarni tashkil qildi, kelgusida bu miqdorni 1 mlrd dollarga yetkazish moʻljallanmoqda. Forum doirasidagi kelishuvlar, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishi shunga imkon beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring