Xivada oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali davom etmoqda (+fotoreportaj)
Foto: Jaloliddin Rajabov / “Xalq soʻzi”
Kecha, 26-aprel kuni Xivaning qadimiy Ichan qalʼasida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Bu sana anʼanaviy sanʼat va madaniyatni sevuvchilar uchun unutilmas kun boʻlgani shubhasiz. Festivalning ochilish kunida baxshilar oʻzining betakror dostonlari, kuy-qoʻshiqlari va xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan turkiy xalqlarning qadimiy ohangiga yangi ruh bagʻishladilar.
Bugun, 27-aprel sanasida ushbu festivalning ikkinchi kuni ham koʻtarinki kayfiyatda boshlandi. Koʻxna Xorazmning Ichan qalʼasida kun davomida bir-biridan qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Folklor ansambllarining chiqishlari mehmonlarga ulkan zavq va ilhom bagʻishladi.
Festivalga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar va ishtirokchilar qalʼaning betakror manzarasida, xalq sanʼati va madaniyatini oʻz koʻzlari bilan koʻrishdi. Tadbirlar davomida nafaqat Xorazmning eng goʻzal tarixi, balki butun turkiy dunyoning koʻpgina xalqlari tomonidan oʻziga xos tarzda yaratilgan musiqalar va sheʼrlar ham oʻqildi, tinglandi.
Taʼkidlash joizki,
Festivalning har bir lahzasi, har bir voqeasi nafaqat yurtimiz, balki xorijiy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan yaqindan kuzatilib, yoritib borilmoqda.
Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring