Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Foto: Jaloliddin Rajabov / “Xalq soʻzi”
Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.

Xalq ogʻzaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan boʻlgan baxshichilik sanʼati yuksak gumanizm gʻoyalarini, tinchlik va doʻstlik, adolat va haqiqat kabi ezgu fazilatlarni mahorat bilan tarannum etadi. Shu bois ham, baxshi, oqin va jirovlar azaldan xalq qalbining kuychilari, turli millat va elatlarni birlashtiradigan olijanob insonlar sifatida ardoqlab kelinadi.

Mamlakatimizda boshqa sanʼat turlari kabi baxshichilik sanʼatiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Buni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori asosida har ikki yilda bir marta oʻtkazilayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali misolida ham koʻrish mumkin. Festivalning qamrovi yildan yilga kengayib bormoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning IV Xalqaro baxshichilik festivali ishtirokchilariga tabrigini Prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov oʻqib eshittirdi.
Joriy yil 26-28-aprel kunlari oʻtadigan festivalda dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan taniqli baxshilar ishtirok etishmoqda.
Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi tadbir sanʼat ustalari va baxshi, oqin, jirovlarning konsert dasturi bilan yakunlandi.
Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring