Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi qachon boshlanishi maʼlum boʻldi
Ushbu loyiha 27-dekabr sanasidan ishga tushadi. Bu haqida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov xalq qurultoyida maʼlum qildi.
Ilgari qurilish ishlari joriy yilning oktyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan edi.
Sadir Japarovning taʼkidlashicha, Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi loyihasi oʻnlab yillar davomida choʻzilib kelgan.
May oyida Sadir Japarov uch davlat oʻrtasidagi temir yoʻl qurilishi 2024-yil oktyabr oyida boshlanishini aytgandi. Loyihani amalga oshirish uchun mamlakatlar qoʻshma kompaniya tuzishga kelishib olgan. Ishtirokchilarning korxonadagi ulushi: Xitoy 51 foiz, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston 24,5 foizdan.
2024-yil iyun oyida uch davlat vakillari temir yoʻl qurilishi toʻgʻrisidagi bitimni rasman imzoladi va moliyalashtirish shartlarini belgiladi. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 665 million dollarga baholanmoqda.
Taʼkidlash joiz, temir yoʻlini qurish loyihasini amalga oshirish uchun Jalolobod shahridagi 44,29 gektar yer maydoni ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring