Xitoyning “Xiaomi” kompaniyasi xodimlarini ommaviy ishdan boʻshatmoqda
Foto: Reuters
Xitoyning “Xiaomi” texnologik kompaniyasi ommaviy ishdan boʻshatishni boshladi. U xarajatlarni kamaytirish maqsadida xodimlarining 10 foizini qisqartirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda “Financial Times”.
“Xiaomi” bu qadamni global inflyatsiya, Xitoyning "COVID-19" epidemiyasi bilan kurashi, shuningdek, smartfonlarga boʻlgan talabning pasayishi fonida qoʻyishga majbur boʻlgan. Daromad va foydaning pasayishi ketma-ket uch chorakda qayd etildi.
Ishdan boʻshatishlar bir nechta boʻlinmalar, jumladan, smartfonlar biznesi boʻlimida ham amalga oshiriladi. Kompaniya xodimlari 2022-yil 30-sentyabr holatiga koʻra, 35 ming nafardan ortiqni tashkil etgan.
Global smartfon bozori 2014-yildan beri eng yomon uchinchi chorakni boshdan kechirdi. Canalys tadqiqot kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, bu chorakda global smartfon bozorida yetkazib berish toʻqqiz foizga tushdi. Bunday salbiy holat yil davom kuzatildi. Tahlilchilarning fikricha, talabning pasayish tendensiyasi yana 9 oy davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring