Xitoyda suv toshqinlari tufayli qariyb 2 million kishi evakuatsiya qilindi
Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida bir haftadan buyon tinmayotgan kuchli yomgʻir keng koʻlamli suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Hozir hududdagi 1 million 760 ming kishi evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Suv toshqini provinsiyaning 70 dan ortiq tuman va shaharlaridagi uylarni vayron qilgan va koʻchkilarga sabab boʻlgan. Shu bilan birga, davom etayotgan yomgʻirlar qidiruv-qutqaruv ishlarini murakkablashtirmoqda.
Bundan tashqari, provinsiyada suv toshqini xavfi ostida qolgan koʻplab tarixiy obidalar mavjud. Maʼlumotlarga koʻra, toshqinlar oqibatida mahalliy aholining 17 ming uyi vayron boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring