Xitoyda sobiq partiya amaldori pora olgani uchun oʻlim jazosiga hukm qilindi
Foto: cctv.com
Xaynan viloyati Xalq qurultoyi doimiy qoʻmitasi rais oʻrinbosari boʻlib ishlagan Lyu Sintay pora olganlikda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilindi. Sud hukmiga koʻra, jazo ikki yilga kechiktirib ijro etiladi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Lyu Sintay 2003–2024-yillar mobaynida turli tashkilot va shaxslarga davlat tenderlari, lavozimga koʻtarilish hamda byudjet mablagʻlarini olishda yordam bergan. U 316 mln yuan (taxminan 44 mln dollar) pora olgani aniqlangan.
26-avgust kuni Guansi-Chjuan avtonom viloyatining Guylin shahri sudi hukmni eʼlon qildi. Sud ayblanuvchining aybini tan olgani, tergov bilan hamkorlik qilgani va mulklarni ixtiyoriy ravishda qaytarganini yengillashtiruvchi holat sifatida inobatga oldi.
Shuningdek, Lyu Sintay umrbod siyosiy huquqlaridan mahrum qilindi hamda uning barcha mol-mulki musodara etildi.
Xitoy qonunchiligiga koʻra, ikki yilga kechiktirilgan oʻlim jazosi belgilanganda, agar mahkum bu muddat davomida qonunbuzarlikka yoʻl qoʻymasa, jazo umrbod qamoq bilan almashtirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring