Xitoyda O‘zbekiston mevalariga taqiq bekor qilindi. 15 ming tonna meva eksport qilinadi

17:54 08 Iyun 2018 Iqtisodiyot
4852 0
Foto: uzreport.news

Xitoyga 10 ming tonna gilos, 3 ming tonna mayiz, 2 ming tonna yong‘oq eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kuni kecha “O‘zbekoziqovqatholding” holding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov bilan Xitoyning “Industrial Co LTD” kompaniyasi bosh menejeri Xian Jongxe o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar tomonlar uchun ana shunday samarali yakunlandi. Bu Xitoy karantin va bojxona xizmati tomonidan olib borilgan uzoq tekshiruvlardan so‘ng O‘zbekiston gilosi va boshqa mevalari eksportiga ruxsat berilgandan keyin erishilgan eng yirik kelishuvdir.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar “O‘zagroeksport” AJ tomonidan xitoylik hamkorlarga 22,4 million AQSH dollarilik mahsulot yetkazib berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?