Xitoyda “Oʻzbek tili doʻstlari” klubi tashkil etildi
Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan “Oʻzbek tili doʻstlari” klubining birinchi yigʻilishi oʻtkazildi.
Tadbirda elchixona xodimlari va Xitoy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlardan iborat klub aʼzolari ishtirok etishdi.
Soʻnggi yillar davomida mamlakatimizda davlat tilini ravnaq toptirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga oid atroflicha maʼlumotlar tadbir ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi.
Xususan, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi va ularda belgilangan vazifalar milliy tilimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab bergani qayd etildi.
Shu oʻrinda, 2019-yil 21-oktyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonining mazmun-mohiyati haqida fikr yuritildi.
Mazkur hujjat asosida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan besh jilddan iborat “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” kitobi chop etilganligi ham tilga olindi. Mazkur toʻplam 80 mingdan ortiq soʻz va soʻz birikmalaridan iboratligi, davlat tashkilotlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning davlat tilida ish yuritish savodxonligi va malakasini oshirish, bilimlarini boyitishga koʻmaklashayotgani qayd etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga 2021-yil 10-fevraldagi Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq, oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish, shuningdek, barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida boʻlishini toʻliq taʼminlash va bu jarayonda davlat tiliga qatʼiy amal qilish belgilanganligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring