Xitoyda 85 foiz aholi koronavirusga qarshi toʻliq emlandi
Foto: REUTERS / China Daily
Xitoyda 1 milliard 220 milliondan ortiq fuqaro COVID-19 ga qarshi toʻliq emlandi. Bu mamlakat aholisining 85 foizdan koʻpini tashkil qiladi.
XXR sogʻliqni saqlash milliy komissiyasi spikeri Mi Fen fuqarolar uchun vaksina olish bepul va ixtiyoriy ekanini aytdi.
Mamlakatda 14-yanvargacha vaksinaning 2 milliard 928 million 981 ming dozasi qoʻllanilgan. 1 milliard 220 million 584 ming fuqaro toʻliq emlangan.
Taʼkidlash joiz, hozircha Xitoyda toʻrt xil ommaviy tarzda ishlab chiqarilgan vaksina tasdiqlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring