Xitoyda 20 dan ortiq davlat rahbarlari jam boʻlmoqda

10:01 22 Avgust 2025 Siyosat
200 0

Arxiv foto

Xitoyning Tyanszin shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitida 20 dan ortiq xorijiy davlatlar rahbarlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri yordamchisi Lyu Bin maʼlum qildi. Sammit shu yilning 31-avgust — 1-sentyabr kunlari oʻtkaziladi.

“Xitoy rahbari Si Szinpin 20 dan ortiq xorijiy davlat rahbarlari va 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari bilan Xayxe daryosi boʻyida yigʻiladi”, — deydi Bin.

Uninng aytishicha, sammitga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Eron Prezidenti Maʼsud Pezeshkiyon, Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdogʻan, Qozogʻiston rahbari Qosim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Moʻgʻuliston rahbari Uxnaagiyn Xurelsux, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Kambodja hukumati rahbari Xun Manet, Maldiv orollari prezidenti Muhammad Muizzu, Nepal Bosh vaziri Sharma Oli, Misr Vazirlar Mahkamasi rahbari Mustafo Madbuli, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Indoneziya rahbari Prabovo Subianto, Laos prezidenti Thongloun Sisoulith, Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim, Vyetnam hukumati rahbari Fam Min Tin taklif eetilgan.

Lyu Binning soʻzlariga koʻra, davlat rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotining muvaffaqiyatli tajribasini muhokama qiladilar, tashkilotning rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab beradilar.

SHHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot boʻlib, unga Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va Oʻzbekiston kiradi. 2024-yilning 4-iyulida Ostona sammitida Belarus rasman tashkilotga aʼzo boʻldi. Kuzatuvchi davlatlar Afgʻoniston va Moʻgʻuliston, SHHTning muloqot boʻyicha hamkor davlatlari – Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Quvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri Lanka.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер