Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Xitoyning “Dongfeng Liuzhou Motor Co., Ltd” kompaniyasi Surxondaryo viloyatida zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish zavodini qurish taklifini bildirmoqda.
Termiz shahrida viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov “Dongfeng Liuzhou Motor Co., Ltd” kompaniyasining Jilin universiteti Sindao avtomobil tadqiqot instituti vitse-direktori Fu Xao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatimizning sanoat, avtomobilsozlik va ishlab chiqarish sohalaridagi imkoniyatlari, shuningdek, Surxondaryo viloyatining salohiyati va hududiy afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi. Xitoy kompaniyasining viloyatda zamonaviy avtomobil zavodi tashkil etish boʻyicha taklifi muhokama qilindi. Muzokaralar davomida Xitoy kompaniyalarining soʻnggi yillarda global avtomobilsozlik bozorida egallab borayotgan mavqei va ularning ilgʻor texnologiyalari alohida qayd etildi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini chuqur oʻrganish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida har ikki tomon mutaxassislari ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar oʻtkazishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring