Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistondan 5 ming tonna gilos sotib oladi
Xitoyning “Beijing Xinyu Yatong International Trade Co.Ltd” kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda yetishtirilgan 5 ming tonna hajmdagi gilosni yetkazib berish boʻyicha eksport shartnomasi imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro savdo koʻlamini kengaytirish va uning tizimlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha yirik importchi kompaniyalar, savdo uyushmalari, riteylerlar bilan tizimli va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bunda mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Xitoy bozorida faol ilgari surishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, Xitoyning “Beijing Xinyu Yatong International Trade Co.Ltd” kompaniyasi bilan oʻzbek gilosini Xitoyga yetkazib berish yuzasidan kelishuvga erishildi. Xususan, mazkur kompaniya bilan 5 ming tonna hajmdagi gilos yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.
Unga koʻra, taklif etilayotgan gilos mahsuloti zamonaviy uskunalarda eksport uchun qayta ishlanishi va savdooldi tayyorgarligining barcha tartib-qoidalaridan (hosil yigʻib olinishi, gidrokulerda sovutish, rangi va hajmi boʻyicha optik saralash, qadoqlash va h.k.) oʻtishi shart.
Xorijiy xaridorlar talablariga muvofiq, gilosning yangi hosili MAP (Modified Atmosphere Packaging) texnologiyalari boʻyicha eksport mahsuloti sarxilligi davrini uzaytirish imkonini beradigan maxsus zamonaviy havo oʻtkazuvchi paketlarga joylashtiriladi.
Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi “Samarkand Garden Plast” kompaniyasi bogʻlarida yetishtirilgan hosilning birinchi turkumi 5-iyun kuni “Uzbekistan Airways ” AJ charter yuk reysi orqali Shanxay shahriga yetkazib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring