Xitoy eng yirik yadro arsenaliga ega davlatlarni bunday qurollardan foydalanmaslik toʻgʻrisida shartnoma tuzishga chaqirdi
Foto: РИА «Новости»
Eng yirik yadro arsenaliga ega davlatlar yadroviy quroldan birinchi marta oʻzaro foydalanmaslik toʻgʻrisida shartnomalar tuzishi yoki bu borada siyosiy bayonotlar berishi kerak.
Ushbu fikrlarni Jenevada tashkil etilgan qurolsizlanish boʻyicha konferensiyaning yuqori darajadagi haftaligi yigʻilishida Xitoy tashqi ishlar vazirligi qurol-yarogʻ nazorati departamenti rahbari Sun Syaobo aytib oʻtdi.
“Bugun xalqaro strategik xavfsizlik sohasidagi vaziyat yangi muammolarga duch kelmoqda. Eng kuchli harbiy qudratga ega boʻlgan davlatlar oʻzlarining mutlaq ustunligini koʻzlab, shartnomalarni qayta-qayta buzmoqda va ularni tark etmoqda. Bloklar va guruhlar tuzib, bu bilan strategik muvozanatga va barqarorlikka jiddiy zarar yetkazmoqda”, — deydi Sun Syaobo.
Uning soʻzlariga koʻra, teng va tartibli dunyo, koʻp qutbli va inklyuziv iqtisodiy globallashuvni targʻib qilish orqaligina xavfsizlik dilemmasini hal qilish va nihoyat umumiy manfaatga erishish mumkin.
Syaoboning fikricha, qurolsizlanish boʻyicha konferensiya ushbu masala boʻyicha xalqaro huquqiy hujjatni tezroq yakunlash uchun “yoʻl xaritasi”ni belgilashi kerak.
“Eng yirik yadroviy arsenalga ega davlatlar alohida, ustuvor vazifalarni bajarishda davom etishlari kerak. Ular yadro qurolini birinchi marta oʻzaro ishlatmaslik boʻyicha muzokaralar olib borishi va shartnomalar tuzishi yoki bu borada siyosiy bayonotlar berishi kerak”, — deydi Sun Syaobo.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring