Xitoy aviakompaniyasi Toshkentga yuk tashishni yo‘lga qo‘ydi
2025 yil 2 aprelda Xitoyning "SF Airlines" aviakompaniyasi Lanchjou — Toshkent — Lanchjou yo‘nalishi bo‘yicha ilk yuk reysini amalga oshirdi.
Boeing 757 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 10:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi va an’anaga ko‘ra suv arkasi bilan kutib olindi.
Dastlabki bosqichda parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik ularning sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
"SF Airlines" aviakompaniyasi Xitoyning yetakchi yuk tashuvchi aviakompaniyasi hisoblanadi. U 2005 yilda tashkil etilgan va mamlakatdagi yirik logistika xoldinglaridan biri — SF Holding Company Limited tarkibiga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring