Xitoy armiyasining kema va samolyotlari Tayvan yaqiniga yuborildi

Foto: Reuters
Tayvan yaqinida Xitoy harbiy-dengiz floti va Xitoy xalq ozodlik armiyasining kema va samolyotlari aniqlangan. Bu haqda orol mudofaa vazirligi xabar berdi.
Bayonotga koʻra, 7-aprel kuni ertalab Xitoyning uchta harbiy kemasi orol yaqinidan oʻtgan, shuningdek, qiruvchi samolyot va vertolyot havo hujumidan mudofaa zonasini kesib oʻtgan.
Tayvan harbiylari vaziyatni kuzatmoqda va havo kuchlari, dengiz floti va quruqlikdagi raketa tizimlariga bu harakatlarga javob berishni buyurgan.
Manbada aytilishicha, Xitoy ikkinchi kundirki Tayvan hududidagi vaziyatni keskinlashtirmoqda. Xususan, shu yilning 6-aprel kuni Xitoyning “Shandong” aviatashuvchi kemasi birinchi marta Janubiy Xitoy dengizini tark etdi va orolning janubiy qismiga yaqinlashdi. Taxminlarga koʻra, bu Pekinning yaqinda Tayvan yetakchichi Say Invenning AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti bilan uchrashuviga munosabati boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring