Xitoy AQSHni gegemon siyosatda va inson huquqlarini buzishda aybladi

12:56 29 May 2024 Dunyo
376 0

Foto: AP

AQSH hukumati soʻz va ifoda erkinligini bostirish orqali fuqarolarning shaxsiy hayotini nazorat qilish uchun oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilmoqda. Bu ayblov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi matbuot xizmatining 2023-yilda AQSHda inson huquqlari ahvoli toʻgʻrisidagi hisobotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, AQSHda inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. Xitoy Qoʻshma Shtatlarda qurolli zoʻravonlik keng tarqalganini payqagan. Hujjatda, shuningdek, qamoqxonalar tizimidagi jiddiy muammolar, etnik ozchiliklarga nisbatan tizimli irqiy kamsitishlar, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik kuchayib borayotgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, hisobotda AQSH Qurolli kuchlari boshqa davlatlar suvereniteti va inson huquqlarini poymol qilayotgani alohida taʼkidlangan. Xitoyning taʼkidlashicha, Qoʻshma Shtatlar anchadan beri gegemonlikka intilgan, hukmronlik siyosati bilan shugʻullangan va gumanitar inqirozlarni keltirib chiqargan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер