“Xavfsiz va sogʻlom yurt” oyligining 2-bosqichida jamoat joylarida fuqarolardan 15 mingga yaqin tigʻli buyumlar olindi

12:18 20 Avgust 2025 Jamiyat
143 0

Illyustrativ foto

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” oyligining 2-bosqichida joriy yilning 15-iyulidan 15-avgustga qadar jamoat joylarida fuqarolardan 14 936 ta oʻtkir tigʻli buyumlar olingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirlarning 2-bosqichida 14 167 ta tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilib, 2 599 ta giyohvandlik, 1 576 ta uyushgan jinoyatchilik, 1 650 ta korrupsiya va 4 653 ta boshqa yoʻnalishlarda noqonuniy holatlar fosh etilgan.

Bunda jamoat joylarida sovuq qurol olib yurgan fuqarolardan 14 936 ta oʻtkir tigʻli buyumlar 14 091 ta pichoq , 352 kastet, 493 boshqa olib yurilishi taʼqiqlangan buyumlar olinib, qonuniy choralar koʻrildi. Ov quroli saqlash qoidalarini buzgan hamda brakonyerlik harakatlarni sodir etgan 3 692 nafar shaxs maʼmuriy va 254 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, tadbirlarda jinoiy guruh va shaxslardan 858 ta pnevmatik qurol, 2 716 ta ov quroli va oʻq-dori olindi. 1 033 nafar qidiruvdagi shaxs ushlanib, 584 nafar bedarak yoʻqolgan shaxslar oilasi bagʻriga qaytarildi.

Tezkor tadbirlarda 557,5 kg giyohvandlik vositasi, 376,5 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar olinib, 10,5 ming tup giyohvandlik oʻsimliklari yetishtirilayotganligi aniqlangan. 91 ta “zakladkachilar” bilan bogʻliq holatda esa 34,5 kg giyohvandlik vositasi rasmiylashtirilib, internetdagi narkodoʻkonlar reklamasi aks etgan 1 751 dona “narkograffiti” oʻchirib tashlandi.

Bundan tashqari, yoʻllarda YPX xodimlari tomonidan 707 mingta qoidabuzarlar aniqlanib, huquqbuzarlarga tegishli 85 mingtaga yaqin transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер