Xatirchida uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qoʻlga olindi
“XALQ SOʻZI ONLINE”. Temur Eshboyev/Navoiy. Xatirchi tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan tumanning “Zarafshon” MFY hududida oʻz uyida qimorxona faoliyatini yoʻlga qoʻygan fuqaroning jinoiy harakatlari fosh etildi.
Mahallada istiqomat qiluvchi S.R. oʻz uyida pul tikib karta oʻynashni tashkil etgan va qimorbozlar uchun barcha “shart-sharoit”larni yaratib bergan. Tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu xonadonda uy egasi bilan birga yana olti kishi qimor oʻyini ustida qoʻlga olindi.
Tadbir davomida qimorbozlardan 3 million 230 ming soʻm pul xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olindi. Huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasiga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring