Xanchjou shahrida SHHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Shu yil 23-aprel kuni Xanchjou shahrida Xitoy Xalq Respublikasi raisligida SHHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirda Belarus Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudlari delegatsiyalari ishtirok etadi.
Shuningdek, yig‘ilishda SHHTning muloqot bo‘yicha hamkor-mamlakatlar – Ozarbayjon va Turkiya Oliy sudlari raislari, SHHT Kotibiyati va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi vakillari qatnashadi.
Tadbir davomida SHHTga a’zo davlatlar Oliy sudlarining qonun ustuvorligi, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida hamkorligini yanada faollashtirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Boshqaruv sohasida xotin-qizlar ulushi necha foiz ekani ma’lum qilindi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Liverpul” yulduzi Diogo Jota avtohalokatda vafot etdi. U yaqindagina oila qurgandi
- “Anorbank” rahbari Parijda oʻgʻirlab ketildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring