Xanchjou — 2022: Nigina Oʻktamova filippinlik raqibini musobaqadan chiqarib yubordi

21:02 24 Sentyabr 2023 Sport
475 0

Boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni Nigina Oʻktamova (-54 kg) Osiyo oʻyinlaridagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi.

Samarqandlik bokschimiz filippinlik Irish Magnoni 5:0 hisobida dogʻda qoldirdi. Qayd etish joiz, bokschi qizlarimiz shu paytgacha oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishgan boʻlsalar ham, birinchi bosqichdayoq musobaqani tark etishgan.

Shu nuqtayi nazardan, ushbu muvaffaqiyatni Osiyo oʻyinlaridagi yana bir ahamiyatli gʻalaba, deyish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер