Xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki shaxs Xorvatiyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

17:17 18 Yanvar 2026 Jamiyat
330 0

Foto: IIV

Firibgarlik jinoyatini sodir etib, xalqaro qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Zagrebdan muvaffaqiyatli ekstraditsiyasi qilindi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.

Maʼlum qilinishicha, ekstraditsiya Zagreb Interpol Milliy markaziy byurosi bilan yaqin hamkorlik va faol oʻzaro hamjihatlik, shuningdek Oʻzbekistonning Vengriyadagi konsulligi tomonidan koʻrsatilgan har tomonlama koʻmak yordamida amalga oshirilgan.

“Oʻtkazilgan tadbir xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini va tomonlarning sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini tasdiqlaydi”, deyiladi IIV xabarida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar ayblanuvchi Gruziyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?