Xalqaro kongress markazida davlat mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-iyundagi farmon va qaroriga muvofiq, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida bir guruh ilg‘or yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.
30-iyun – Yoshlar kunida Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida yigit-qizlarni Yoshlar kuni bilan tabrikladi. Bolalarni yuqori darajada o‘qitish, xorijiy universitetlarga tayyorlash, yoshlarning startap va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Uchrashuvda yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘ldi.
Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
Yoshlikdagi harakat bu – kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan do‘st – bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani. Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi. Men butun O‘zbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi bo‘lishini tilayman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mukofotlanganlar davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, kelgusida yanada katta natijalarga erishib, xalqimiz ishonchini oqlashini ta’kidlashdi.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ziyolilar, ota-onalar ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring