Xalqaro forumga yoshlarimiz qiziqishi katta
Buxoro shahrida 23 - 24-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusidagi xalqaro forum yurtimiz aholisi, xususan, yoshlarning katta qiziqishiga sabab boʻlmoqda. Mazkur nufuzli tadbir oldidan Buxoro shahrida yoshlar ishtirokida aksiya tashkil etilgani fikrimiz dalilidir.
Koʻhna shaharning Yoshlar markazida oʻtkazilgan aksiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻshma qarori asosida uyushtirilayotgan xalqaro forumning mazmun-mohiyati haqida fikr- mulohaza yuritildi. Unda soʻz olgan viloyat hokimi B. Zaripov yoshlarimiz har jabhada faol va tashabbuskor ekanliklarini, yigit-qizlarga oʻz imkoniyatlari, salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun zarur shart- sharoitlar yaratib berish davlatimizning ustuvor siyosatiga aylanganini taʼkidladi.Xalqaro forumda ham navqiron avlodning kelajagi bilan bevosita bogʻliq dolzarb masalalar muhokama qilinishi koʻzda tutilgan.Bunday forumning ilk bor mamlakatimizda, Buxoroda oʻtkazilishi ham alohida ahamiyatga egadir.
Aksiya doirasida koʻngilochar tadbirlar tashkil etildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Faol oʻgʻil-qizlarga oʻzbek va jahon adabiyoti namoyondalarining sara asarlaridan namunalar tuhfa qilindi.
Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring