Xalqaro atom energiyasi agentligi loyihalarda Oʻzbekiston mutaxassislarining ishtirokini kengaytirishni taklif qilmoqda

Foto: “Dunyo” АА
Oʻzbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori oʻrinbosari, Texnik hamkorlik departamenti rahbari Lyu Xua bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda. Suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Lyu Xua Texnik hamkorlik departamenti Oʻzbekistonda atom energetikasini rivojlantirish, zamonaviy yadro texnologiyalarini joriy etish va qoʻllashda bundan keyin ham yordam koʻrsatishga tayyorligini taʼkidladi.
Muloqot chogʻida Agentlikning 2024-2025-yillarga moʻljallangan yangi texnik hamkorlik dasturiga alohida eʼtibor qaratildi. Dasturda Oʻzbekistonning kadrlar salohiyatini oshirish hamda atom energetikasi va xavfsizligi, sogʻliqni saqlash va ekologik muammolarni hal etishda hamkorlikda faoliyat olib borishga qaratilgan yangi milliy loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
XAEA bosh direktori oʻrinbosari zoonoz kasalliklarga (“ZODIAC”), plastik ifloslanishga (“NUTEC Plastics”), saratonga (“Rays of Hope”) qarshi kurash va qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshirish (“Atoms4Food”) boʻyicha XAEAning yangi tashabbuslari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda Oʻzbekiston mutaxassislarining ishtirokini kengaytirish hamda bu boradagi hamkorlikni jadallashtirishni taklif qildi. Lyu Xua, shuningdek, “Atoms4Food” loyihasini Oʻzbekiston bilan eng istiqbolli hamkorlik sifatida eʼtirof etdi.
Ushbu loyiha XAEA va FAOning qariyb 60 yil davomida toʻplagan yadro va izotop texnologiyalaridan foydalanishda mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshma tajribasiga tayanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring