Xalq taʼlimi vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

10:50 11 Iyun 2020 Jamiyat
1494 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-iyun kunidagi qarori bilan Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari tayinlandi. Bu haqda XTVning axborot xizmati maʼlum qildi.
Prezident qaroriga koʻra, Karimjonov Rustam Olimjon oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu paytgacha Rustam Karimjonov Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya” markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Rustam Karimjonov 2019-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Sarvar Babaxodjayev oʻrniga tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?