Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun [OʻRQ-991-son, 05.11.2024-y.] bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.
Unga koʻra, fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilganlik uchun ham maʼmuriy javobgarlik oʻrnatilmoqda.
Shuningdek, xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring