“Xayshen” tayfuni tufayli Yaponiyada 430 mingta turar joy elektr taʼminotidan uzulib qoldi

00:09 08 Sentyabr 2020 Dunyo
958 0

Yaponiyada «Xayshen» tayfuni tufayli Kyusyu orolidagi 430 mingga yaqin uylar elektrsiz qoldi.

Rasmiylar qirgʻoq boʻyidagi shaharlardan 200 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilishni buyurdi.

Yaponiyaning gʻarbiy prefekturalarida fabrikalar, maktablar, doʻkonlar va korxonalar yopildi. Yuzlab reyslar va temir yoʻl aloqalari toʻxtatildi.

Shuningdek, Rossiyaning Primorye oʻlkasi va Koreya yarim oroli ham tayfunga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Bir necha kundan beri Yaponiyaning janubiy orollari tomon kelayotgan «Xayshen» tayfuni yakshanba kuni kuchaygan. Yaponiya meteorologiya markazi rahbari Yoshixisa Nakamotoning taʼkidlashicha, «Xayshen» kuchini yoʻqotmagan.

Pasttekislik hududlarida, ayniqsa, kuchli toshqinlar boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Bu Yaponiyada soʻnggi bir hafta ichida sodir boʻlgan ikkinchi kuchli tayfun.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?