Keling, birgalikda orzu qilaylik — Fabio Kannavaro
Foto: OʻFA
Xabaringiz bor, kecha, 18-noyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi BAAda oʻtgan “Al Ain International Cup” tijoriy turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa musobaqada 2 ta oʻyin oʻtkazib, ularning har ikkalasida gʻalabaga erishdi.
Jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi yigʻin yakunlari haqida fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Bizning oldimizda katta maqsad turibdi — 2026-yilgi Jahon chempionatiga puxta, tayyorlangan va toʻliq xabardor holda yetib borish. Shu nuqtayi nazardan, BAAda oʻtkazilgan Al Ain xalqaro kubogida gʻalaba qozongan jamoam bilan faxrlanaman. FIFA reytingida bizdan yuqorida joylashgan Misr va Eron kabi kuchli raqiblar ustidan erishilgan gʻalabalar muhim tajriba boʻldi.
Safar endi boshlanmoqda, biroq biz toʻgʻri yoʻldamiz. Qadamma-qadam, har kuni fidoyilik bilan ishlashni davom ettirishimiz zarur. Faqat shunda biz barqaror va mustahkam jamoa tizimini shakllantira olamiz.
Biz — bir jamoamiz. Oʻzbekiston xalqi. Keling, birgalikda orzu qilaylik”, deydi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring