Kelgusi uch yilda tez tibbiy yordam avtoparki toʻliq yangilanadi
Davlatimiz rahbari tibbiyot xodimlari bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotda tez tibbiyot yordam xizmatini yanada rivojlantirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtdi.
“Eng avvalo, «103” tez tibbiy yordam xizmati respublika, viloyat, shahar va tuman darajasida yagona boshqaruv tizimiga birlashtiriladi.
Endi, Toshkent shahri tajribasi asosida, har bir viloyatda tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashgan boshqaruv tizimi joriy qilinadi.
Yangi tashkil etiladigan dispetcherlik markazlari chaqiruvlarni bemorning ahvoli, kasallik turi va darajasiga qarab saralaydi hamda shunga asosan tegishli tibbiy brigadalarni yoʻnaltiradi.
Bundan buyon, tez yordam tuman yoki viloyat chegarasiga qarab emas, balki bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab xizmat koʻrsatadi.
Shuningdek, tuman markazidan 60-80 kilometr uzoqlikda joylashgan 24 ta aholi punktida alohida tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi.
Ular barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va tez tibbiy yordam mashinalari bilan taʼminlanadi.
2022–2025-yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha “Damas” va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi.
Xususan, 2022-yilda 890 ta, 2023-yildan boshlab esa, har yili 450 tadan yangi avtomobil, jumladan, reanimatsiya mashinalari olib beriladi.
Natijada kelgusi uch yilda tez tibbiy yordam avtoparki toʻliq yangilanadi. Bu maqsadlar uchun, 65 million dollar jalb qilinadi.
Ushbu choralar evaziga tez tibbiy yordamda chaqiruvlarga yetib borish vaqti 3 barobarga qisqaradi (30 daqiqadan 10 daqiqaga tushadi)", dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring