Kelgusi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ayrim sport turlari boʻyicha natija koʻrsatish uchun maxsus sharoitlar yaratiladi
![](https://xs.uz/upload/post/2025/02/13/03c9fd2e1ea28ec58d3db12184f908dd0213.jpg)
Shuningdek, oldingi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari natijasiga qarab, sport turlari differensial yondashuv asosida 3 ta toifaga ajratiladi.
Bizda boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, ogʻir atletika yoʻnalishlari ustuvor boʻlib kelgan. Lekin bu federatsiya rahbarlari xotirjamlikka berilmasdan, medallar sonini 2 karra oshirishni oʻz oldiga maqsad qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bilan birga, yunon-rum, ayollar kurashi, kamondan otish, qilichbozlik boʻyicha bizda sharoit ham, iqtidorli sportchilar ham yetarli.
Kelgusi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida bu sport turlari boʻyicha natija koʻrsatish uchun hozirdanoq xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, sportchilarni jismoniy va ruhiy tayyorgarligi bilan astoydil shugʻullanish topshirildi.
Istiqbolli boʻlgan yengil atletika, velosport, eshkak eshish, suzish, oʻq otish kabi 22 ta sport turi boʻyicha litsenziyalarni 3-4 karra koʻpaytirish va medallar uchun kurashga qattiq kirishish lozim.
Bundan tashqari, sinxron suzish, triatlon, voleybol, basketbol, gandbol, badminton kabi rivojlanayotgan 17 ta sport turida litsenziyalarni qoʻlga kiritish juda muhimligi taʼkidlandi.
Ushbu federatsiya rahbarlari mahallagacha tushib, yosh iqtidorlarni aniqlashi, bittadan sport maktabini tanlab, baza qilishi, infratuzilmasini yaxshilashi va malakali murabbiylar bilan taʼminlashi zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring