Kelgusi hafta Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Tayvanga keladi

04:22 10 May 2023 Dunyo
908 0

Foto: AP

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Liz Trass kelgusi hafta Tayvanga tashrif buyuradi va mahalliy hukumatning yuqori martabali vakillari bilan uchrashadi. Bu haqda “Reuters” siyosatchining idorasiga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Trass 17-may kuni Tayvanga boʻladigan tashrifi chogʻida Xitoyga nisbatan qatʼiy pozitsiyani kuchaytirish zarurligi haqida nutq soʻzlaydi.

“Tayvan erkinlik va demokratiya mayogʻidir. Pekin rejimining tobora tajovuzkor xatti-harakatlari va ritorikasi qarshisida men Tayvan xalqi bilan shaxsan birdamlik koʻrsatishni intiqlik bilan kutaman”, deyiladi Trass bayonotida.

Buyuk Britaniya Xitoyning Tayvanga qarshi harbiy kuch ishlatishidan ogohlantirgan.

Bunga javoban Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Tayvan boʻgʻozidagi tinchlikka eng katta tahdid “Tayvanning mustaqillikka qaratilgan ayirmachilik harakatlari hamda xorijiy kuchlarning kelishuvi va yordami” ekanligini aytdi.

Liz Trass oʻz vazifalarini bajara olmasligini tan olib, 2022-yil 20-oktyabrda isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgandi. Shu tariqa u eng kam muddat (45 kun) Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan siyosatchi sifatida tarixga kirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер