Katta hayot va orzular qoʻngʻirogʻi

Soʻnggi qoʻngʻiroq: bu ikki soʻzda qancha quvonch, qancha sogʻinch va eng muhimi, qancha masʼuliyat bor? U shunchaki oddiy tadbir nomi, qoʻngʻiroq jarangi emas, balki vaqt degan oliy imkoniyatning “Endi navbat senda, oʻz yoʻlingni oʻzing tanla va dadil intil” degan jarangdor ovozidir.
Shu maʼnoda taʼkidlash kerakki, “soʻnggi qoʻngʻiroq” tantanalarida Prezidentimizning biz, mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga yoʻllagan tabrigidagi “Aminman, sizlarning yangi gʻoya va tashabbuslaringiz, turli sohalardagi yutuqlaringiz Yangi Oʻzbekistonni yanada qudratli etadigan moddiy va maʼnaviy asoslarni barpo etishga beqiyos hissa boʻlib qoʻshiladi. Sizlardek oʻz kuchiga ishongan, qatʼiyatli yoshlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezgu ishlar va yorqin natijalar kutadi. Ana shunday yuksak ishonchga doimo munosib boʻling!”, degan soʻzlarini eshitgan har bir bitiruvchi oʻz qalbida, yuragida katta va sharafli masʼuliyatni his etdi.
Binobarin, bugun barcha tengdoshlarimning dilida bitta tuygʻu bor, u ham boʻlsa Vatan oldidagi fuqarolik, farzandlik burchi masʼuliyatidir. Yaʼni soʻnggi qoʻngʻiroq “Mana, endi senga ham yurt ravnaqi, xalq baxtu saodati yoʻlida sidqidildan xizmat qilish navbati keldi” degan xitob hamdir.
Demak, soʻnggi qoʻngʻiroq yakun emas, aksincha kelajak sari katta yoʻlning boshlanishidir. U hayotning birinchi va muhim qoʻngʻirogʻidir. U seni ruhlantiradi, orzularingni joʻsh urdiradi. Maktabni bitirgan borki, albatta, barchasi maqsadlariga erishish uchun dadil qadam tashlaydi: koʻpchilik turli sohalar boʻyicha oʻqiy boshlaydi, ming-minglab yoshlar esa ixtisoslashtirilgan kasb-hunar hamda bevosita umumtaʼlim maktablarning oʻquvchiligidayoq oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha ishga kiradi. “Soʻnggi qoʻngʻiroq”dan keyin yangi joʻshqin harakatni boshlaydi. Ha, soʻnggi qoʻngʻiroq aslida hayotimizning yangi bosqichi boshlanganiga urilgan bongdir.
Oʻylaymanki, yuqoridagi fikrlarimga atoqli shoir, ustoz ijodkor Oʻtkir Rahmatning kuni kecha eʼlon qilingan “Soʻnggi qoʻngʻiroqdan koʻzlaringda nam...” deb nomlangan sheʼridagi quyidagi satrlar munosib xulosa boʻladi:
Azizim, umrning gulgun bogʻida
Turfa gullar ochsa qismat goʻzal, boq.
Yashash va yaratish ishtiyoqida
Shijoat, shahd tilar soʻnggi qoʻngʻiroq!
Samiya ABDURASHIDOVA,
Mirzaobod tumanidagi 13-maktab bitiruvchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring