“Katta chimyon” togʻida adashib qolgan fuqarolar qutqarib olindi
Togʻga sayr qilish uchun borib, yoʻldan adashib qolgan fuqarolarga qutqaruvchilar yordam koʻrsatdi.
Yoz mavsumida fuqarolarning turli dam olish maskanlariga, togʻli hududlarga va suv boʻylariga hordiq chiqarish maqsadida borish holatlari koʻpayadi. Lekin baʼzi hollarda bu dam olish koʻngilsizlik bilan yakunlanmoqda.
3-iyun kuni soat 15:10 da ham “Katta chimyon” togʻiga sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolishi natijasida togʻdan tusholmay qolgan fuqaro Toshkent viloyati FVBga bu haqda xabar qilgan.
Xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqaro togʻdan xavfsiz hududga olib tushilgan.
Boshqa bir holatda esa 31-may kuni ushbu togʻga ikki nafar fuqarolar sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolganligi toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yordam soʻrab murojaat qilgan.
Ular ham qutqaruvchilar tomonidan dengiz sathidan taxminan 3400 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushildi. Ikkala holatda ham tan jarohatlari olganlar yoʻq.
Taʼkidlash joiz, togʻli hududlarga sayohat qilishdan oldin fuqarolarga har doim oldindan reja tuzish, ob-havo sharoitini hisobga olish, tajribali yoʻlboshchi bilan yurish va kerakli anjomlar bilan taʼminlanish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring