Kasbilik oila tuyaqush boqmoqda

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Tuyaqush goʻshti oʻzining mazali, xolesterini kam va parhezbopligi bilan ajralib turadi. Sanoatda uning ichki yogʻi, pati, terisi va hattoki tirnogʻidan ham turli mahsulotlar ishlab chiqarish ommalashgan.
Shunga koʻra, dunyoning koʻpgina davlatlarida tuyaqush boqishga qishloq xoʻjaligining eng daromadli tarmoqlaridan biri sifatida qaraladi. Soʻnggi yillarda yurtimizda ham tuyaqush boqishga boʻlgan qiziqish oshib bormoqda.
Kasbi tumanining Shakarjoʻy mahallasida yashovchi Davronqul Ibodov ham oʻz xonadonida tuyaqush boqishni yoʻlga qoʻygan.
— Ishni dastlab 4 bosh tuyaqush parvarishidan boshlagan edim, — deydi D. Ibodov. — Ularning mahalliy sharoitga moslashishi qiyin kechmadi. Qolaversa, oʻzim ham bu ishda biroz tajriba toʻpladim. Hozir tuyaqushlarim soni 11 boshga yetdi. Yaqin orada yuztaga yetkazmoqchiman.
Bu oila aʼzolari tuyaqushlarni koʻpaytirib, ularning goʻshti va tuxumini ichki bozorga yetkazib berish, shuningdek, aholiga tuyaqush joʻjalari sotishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring