Kasalliklarning girdobidagi dunyo: bizga qaysi xastaliklarga vaksina oʻylab topishimiz kerak?
Foto: Illustrativ
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur boʻlgan kasalliklar roʻyxatini eʼlon qildi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, JSST tezkor ravishda yangi vaksinalar ishlab chiqish zarur boʻlgan 17 ta patogen roʻyxatini taqdim etdi. Mutaxassislar xulosasiga koʻra, OIV, bezgak va tuberkulyozga qarshi yanada samarali vaksinalar yaratish boʻyicha izlanishlarni davom ettirish kerak. Buning asosiy sababi shu xastaliklar tufayli yiliga 2,5 million kishi hayotdan koʻz yummoqda.
Maʼlum boʻlishicha, JSST roʻyxatidan joy olgan birinchi guruhga mansub bir qator kasalliklarga qarshi hali emlash vositalari mavjud emas. Ularga “A” guruhiga kiruvchi streptokokklar, gepatit “C” virusi, OIV-1 (HIV-1) va Klebsiyella pnevmoniyasi kiradi.
Ikkinchi guruhga mansub bir qator patogenlarga qarshi vaksinalar yaratilgan, ammo ularni kelgusida yanada takomillashtirish zarur deb hisoblanadi. Ularga sitomegalovirus, gripp virusi, leyshmanioz, salmonellyoz, norovirus, bezgak plazmodiyasi, shigella va tillarang stafilokokk kiradi.
Uchinchi guruhga mansub bir qator kasalliklarga qarshi vaksinalar esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan roʻyxatga olinish arafasida deyiladi xabarda. Masalan, denge bezgagi, B guruhiga kiruvchi streptokokklar, ichak tayoqchasi, tuberkulyoz va respirator-sinsitial viruslar shu jumladan hisoblanadi.
Hozirda ushbu kasalliklarga daʼvo izlash davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring