Karatechilarimiz Parijda, ular Tokio — 2020 yoʻllanmalari uchun kurash olib boradi
Kelgusi haftada Fransiyaning Parij shahrida karate boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi soʻnggi musobaqa oʻtkaziladi. Unda mamlakatimiz sportchilari ham oʻz omadlarini sinab koʻrishadi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston karate WKF terma jamoasi aʼzolari Toshkent —Moskva — Parij yoʻnalishi orqali “modalar Vatani”ga joʻnab ketishdi.
Eslatib oʻtamiz, hozircha karatechilarimiz Yaponiyada boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlariga bironta ham yoʻllanma olishmagan va Parijdagi kvalifikatsion turnir bu yoʻlda ular uchun soʻnggi imkoniyat sanaladi.
Parijdagi musobaqaga Oʻzbekiston delegatsiyasi quyidagi tarkibda joʻnab ketdi:
Bahodir Mamatnazarov – delegatsiya rahbari,
Dilnoza Bakirova – bosh trener,
Oʻktam Bekpoʻlatov – trener,
Sadriddin Saymatov (-67 kg) – sportchi,
Dostonbek Otabolayev (-75 kg) – sportchi,
Jahonshox Ibrohimov (+75 kg) – sportchi,
Bahriniso Boboyeva (-55 kg) – sportchi,
Sevinch Rahimova (-61 kg) – sportchi,
Dildora Aliqulova (+61 kg) – sportchi,
Bahriddin Ahmedov – shifokor,
Husan Turgʻunov – massajchi.
Shuningdek, musobaqada ikki nafar hakamimiz ham ishtirok etadi. Bular – Azizbek Boʻriyev hamda Alisher Qilichev.
Umid qilamizki, musobaqa yakunida Tokio-2020 Olimpiadasiga qoʻlga kiritilgan litsenziyalarimiz soni ortadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring