Karantinda yozilgan mashhur asarlar
Koronavirus epidemiyasi sababli dunyoning koʻplab mamlakatlarida karantin hukm surmoqda. Bu davrda tashkilotlar masofadan ish olib borayotgan boʻlsa, doʻkon, kafe kabi bir qator joylar butkul yopib qoʻyilgan.
Karantin faqat toʻrt devorga qamalib oʻtirmoq degani emas, avvallari vaqt topolmagan baʼzi ishlarni bitkazib olmoq uchun fursatdir.
Shunday ekan, adabiyot sohasida karantinda yaratilgan asarlarni sizga tanishtirib oʻtmoqchimiz.
1. Aleksandir Pushkin, «Yevgeniy Onegin»
Bu asar asosida, xabaringiz borki, koʻplab filmlar suratga olingan, hattoki opera ham yozilgan. Lekin 1830-yilning kuzida Moskvada vabo epidemiyasi boshlanganidan, bu holat Pushkinni qishloqdagi oila aʼzolari yoniga ketishiga majbur qilganidan kamchilikning bexabar boʻlsa kerak.
Adib ham mumtoz adabiyotga, ham dunyoning eng yaxshi asarlari sirasiga kiruvchi bu romanini karantin davrida yozgan.
2. Lukian, «Aleksandr va soxta paygʻambar»
Lukian hozirgi Turkiyaning chekkasida joylashgan Samosata shahrida tavallud topgan. U mashhur dramaturg va satirik edi. Uning asarlaridan biri hisoblangan «Aleksand va soxta paygʻambar»da hayotning qarama-qarshiliklariga sehrli izoh axtargan rimliklar tasvirlangan.
Aleksandr Oʻrta Osiyodan kelgan real shashsning ismidir. U haqida juda kam maʼlumot saqlanib qolgan. Lekin uning oʻzi qoʻlidan sehrli ishlar kelishini va istalgan kasallikka davo topa olishi iddao qilardi. Unga 165-yilda boshlangan taun epidemiyasi zamonida ishonishgan. Bu vaqtda, Antonin nomini olgan bu vabo Rim imperiyasini batamom egallab olgandi.
Rimliklar oʻzlarini karantinga olishga, bir-biridan uzoq boʻlishga urinadilar. Shunday paytda Lukianning shifokor Aleksandr haqida satirik asari qalamga olingan.
3. Tomas Man, “Afsunkor togʻ”
Bu asar olmon adabiyotining eng goʻzal namunalaridan biri sanaladi. Tomas Manning “Afsunkor togʻ” asari 1924-yilda chop qilingan. Kitobda Ishvechraning Alp togʻlaridagi silni davolovchi shifoxonada muolaja olgan doʻsti haqida soʻz boradi.
Muallif oʻziga bu mavzu yaqin edi, chunki turmush oʻrtogʻi ham sil xastaligidan aziyat chekardi. 1912-yilda Man Ishvechra sanatoriysiga ayolini olib boradi. Bu ishi orqali u oʻz “Afsunkor togʻ”ini yaratadi.
4. Anton Chexov, “Oltinchi raqamli palata”
Chexov eng yaxshi asarlarini vabo hukm surayotgan vaqtlarda yozgan taniqli rus yozuvchisidir. Ayni shunday paytlarda, yaʼni 1892 — 1899-yillarda “Oltinchi raqamli palata” va “Qora rohib” kabi mashhur romanlarini yozadi.
Chexov u paytlari qishlogʻidagi oʻz sevgan yolgʻizligida yashardi. U bu yerda vabo va boshqa turli kasalliklardan qiynalayotgan odamlarga davo boʻlardi. Yozuvchining asl kasbi shifokorlik edi. Chexov sil kasalligidan aziyat chekkan va shu kasallik uni 1904-yilda bu dunyodan olib ketgan.
5. Jon Milton, “Yoʻqotilgan jannat”
Ingliz yozuvchisi Jon Milton “Yoʻqotilgan jannat” asari bilan shuhrat qozongan. Milton asarni yozayotganida ikki koʻzi ham koʻrmasdi. 1652-yildan 1667-yilga qadar u oʻz asarini oila aʼzolari va doʻstlariga aytib turib oqqa koʻchirtirgan.
1665-1666-yillarda Londonda yuzaga kelgan vabodan saqlanmoq uchun yozuvchining oilasi yangi uyga koʻchib ketishadi. U ayni shu vaqtda oʻzining “Yoʻqotilgan jannat”ni yozib bitkazadi.
6. Jovanni Bokkachcho, «Dekameron»
«Dekameron» italiyalik yozuvchi Jovanni Bokkachcho tomonidan taxminan 1352 — 1354-yillarda yozilgan yuzdan oshiq novellalar toʻplamidir. Kitobdagi hodisalar 1348-yildagi taun epidemiyasi vaqtida yuz bergan.
Bokkachcho bu asarini Florensiyada hukm surgan taun epidemiyasi vaqtida yozgan. Muallifning oʻzi ham, qahramonlari kabi vabodan qochmoq va Italiya shaharlariga sayohat qilmoq uchun Florensiyani tark qilgan.
7. Uilyam Shekspir, «Romeo va Julyetta»
Uilyam Shekspir butun umri davomida taun epidemiyasi bilan yashagan. Hatto bolaligida Shekspir 1564-yilda yuz bergan taun epidemiyasi vaqtida omon qolganlardan biri boʻlgan.
Taun nomi yozuvchining koʻplab asarlarida, shu jumladan, mashhur «Romeo va Julyetta» pyesasida ham aytib oʻtilgan. 1605-1606-yillar Shekspirning ayni ijodiy gullagan davri hisoblanadi. Bu paytda «Qirol Lir», «Makbet» va «Antoniy va Kleopatra» asarlari dunyoga kelgan.
Ekspertlarning aytishiga koʻra, uning mahsuldorligi bu davrda Ingiltarada taun epidemiyasining yoyilgani bilan bogʻliqdir.
Tarjimon va toʻplovchi:
Rahmat Bobojon
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring