Kamonchilarimiz Osiyo kubogida chempion boʻlishdi
Iroqning Sulaymoniya shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
Mikst dasturida chorak finalda BAA, yarim finalda Qozogʻiston termasini magʻlub etgan merganlarimizning finalda hindistonlik raqiblarini 5:4 hisobida dogʻda qoldirgani koʻpchilik mutaxassislarning eʼtiboriga tushdi. Shu tariqa, Ziyoda Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov juftligining irodali gʻalabasi sharafiga Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.
Shuningdek, bronza medali uchun jamoaviy dasturda kechgan bahsda yigitlarimiz Eron termasini 6:0, qizlarimiz qozogʻistonlik raqibalarini 6:2 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. Afsuski, yakkalik dasturida ushbu bosqichda hindistonlik Salunke Sushant bilan bellashgan Amirxon Sodiqovga biroz omad yetishmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring