Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

00:24 08 Noyabr 2020 Hujjatlar
1424 0

Hukumat qarori bilan Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat stipendiyasi respublika davlat OTMlarining quyidagi yoʻnalishlarining oxirgi ikki kursida taʼlim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi:

dastgohli rangtasvir;

rangtasvir (turlari boʻyicha);

grafika va miniatyura;

haykaltaroshlik (turlari boʻyicha);

amaliy sanʼat (turlari boʻyicha);

dizayn (turlari boʻyicha);

sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʻyicha).

Davlat stipendiyasi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan tayinlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi Prezidentning 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori bilan taʼsis etilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?