Kamchatkada yana kuchli zilzila yuz berdi
Illyustrativ foto
Rossiyaning Kamchatka oʻlkasida 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqa boʻyicha bosh boshqarmasi zilzila markazi 10 km chuqurlikda joylashganini maʼlum qildi.
Kamchatka oʻlkasi gubernatori Vladimir Solodov barcha xizmatlar yuqori shay holatga keltirilganini bildirdi. U yarim orolning sharqiy qirgʻoqlarida sunami xavfi mavjudligini aytdi.
Hozircha vayronagarchiliklar haqida xabarlar yoʻq. Qutqaruv xizmatlari jamoat obyektlari va uy-joylarni tekshirishni boshlagan.
Hudud favqulodda vaziyatlar vaziri Sergey Lebedev Semyachik vulqoni yaqinida balandligi 62 santimetr boʻlgan ikkinchi toʻlqin paydo boʻlganini maʼlum qildi.
Bu Kamchatkadagi birinchi kuchli zilzila emas. Shu yilning 30-iyul kuni 7,5 magnitudali seysmik hodisa mintaqani larzaga solib, sunami va hatto Klyuchevskoy vulqonidan kul koʻtarilishiga sabab boʻlgandi. Suv yoʻlidagi hamma narsani, jumladan, baliqni qayta ishlash zavodini ham yuvib ketgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring