Kam uchraydigan va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam koʻrsatiladi
“2026–2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–331-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, 2026–2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarni davolash va oldini olishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilangan, jumladan:
- Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul davolanadigan kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklar turini 5 tadan 10 taga yetkazish;
- ushbu kasalliklarga chalingan bolalarning dori vositalari, maxsus oziq-ovqatlar va tibbiy jihozlar bilan taʼminlanish darajasini 95 foizdan 99 foizgacha yetkazish;
- kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalar salomatligini muhofaza qilish va tiklash.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan ushbu turdagi kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan bemorlar bepul tibbiy kuzatuvda boʻladi va davolanish ishlari davom ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring