Kaliforniyada yirik oʻrmon yongʻini avj oldi
Foto: ABC
AQSHning Kaliforniya shtatida 1-avgust kuni boshlangan yirik oʻrmon yongʻini hali ham davom etmoqda. ABC News telekanali xabar berishicha, yongʻin hududi deyarli 30 ming gektarga yetgan.
Tabiiy ofat Los-Padres milliy bogʻi hududida, aniqrogʻi Santa-Barbara va San-Luis-Obispo okruglarida avj olgan. Unga qarshi kurashish uchun mingdan ortiq qutqaruvchi safarbar qilingan.
Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga koʻra, hozirgacha uch kishi jabrlangan, yongʻin xavfi tufayli hudud aholisini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Taxminan 460 ta uy va boshqa inshootlar butunlay yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida qolgan.
Hozirda oʻrmon yongʻini tez surʼatlarda tarqalishda davom etmoqda. Qutqaruv xizmatlari xavfli hududlarni nazoratga olish ustida ish olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring