Kakao narxi rekord darajada oshdi
Uning bir tonnasi narxi 12 000 dollardan ham oshib ketgan. Bunga sabab eng yirik ishlab chiqaruvchi Kot-dʼIvuardagi qurgʻoqchilik va buning oqibatlaridan xavotir boʻlgan. Bu haqida “Bloomberg“ nashri xabar berdi.
18-dekabr kuni Nyu-York tovar birjasining savdolarida kakao loviyasi uchun fyucherslar 3,9% ga oshdi va tarixda birinchi marta tonnasi uchun 12,2 ming dollarga yetdi. Keyinchalik oʻsish sekinlashdi va narx biroz pasaydi.
Oʻsishning asosiy sababi Kot-dʼIvuarda hosilning pasayishi kutilayotgani aytiladi. Dunyoda xomashyo ishlab chiqarishning uchdan bir qismidan koʻprogʻi Afrika mamlakatiga toʻgʻri keladi.
Tahlilchilarning prognozlariga koʻra, 2024−2025-yillar mavsumida ishlab chiqarish hajmi 1,9 mln tonnani tashkil etadi. Bu rasmiy hisob-kitoblarga nisbatan 10% ga kamroq.
Mutaxassislarning fikricha, kelgusi yilda kakao narxi yuqoriligicha qoladi. Gʻarbiy Afrikada ob-havo beqarorligicha qolmoqda, bu yana hosilga taʼsir qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring