Kadrlarni baholashda eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechiladi

“Korrupsiyani oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni «halollik vaksinasi” bilan emlashdan boshlanadi», — dedi Prezident.
Kadrlarni oʻqitish, tarbiyalash va joy-joyiga qoʻyishda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasining yetakchi sifatidagi roli sezilmayotgani qayd etildi.
Kadrlarni baholashda eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechib, ilgʻor IT texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga oʻtilishi belgilandi.
Lavozimga qoʻyishda xodimning qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va koʻrsatgan natijalari asosiy mezon boʻladi. Bu borada nomzodning kamchiliklari bilan birga yaxshi taraflarini ham xolisona aytish kerak.
Bundan buyon mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini oʻz koʻzi bilan koʻrib, hal qilgan yoshlar orasidan rahbar kadrlar tanlab olinishi kerakligi taʼkidlandi.
Ishga qabul qilishni ochiq va shaffof oʻtkazish, davlat xizmatchilari reyestrini belgilash, kadrlarni korrupsiyaga moyilligini oʻrganish boʻyicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring