Kadastr agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

18:34 14 May 2025 Jamiyat
217 0

Illyustrativ foto

Soʻnggi paytlarda sobiq yoki amaldagi kadastr xodimlarining soxta vaʼdalar orqali firibgarlik qilish holatlari uchramoqda, deya fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda Kadastr agentligi.

Maʼlum qilinishicha, ular fuqarolardan yer olib berishi yoki yer maydonining toifasini oʻzgartirib berishini aytib firibgarlik qilmoqda. Ushbu shaxslarning aksariyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olinmoqda.

“Shuni qatʼiy ravishda maʼlum qilamizki, nafaqat hududiy boshqarma va tizim tashkilotlari hatto, Kadastr agentligi rahbariyatida ham bunday vakolat yoʻq”, deb yozadi agentlik axborot xizmati.

Shuningdek, ushbu jarayonni hech bir shaxs yoki muassasa “pul evaziga” bajara olmasligi, qonun bilan qatʼiy tartibga solingani alohida taʼkidlagan.

Qayd etilishicha:

  • uy-joy qurish va tadbirkorlik maqsadlari uchun yer maydonlari onlayn auksion orqali ochiq savdoga qoʻyiladi;
  • yerning toifasini oʻzgartirish faqat va faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari agentlik yer toifasi oʻzgartirilgan taqdirda ham ushbu yer davlat zaxirasiga olinadi va qayta realizatsiya qilinishini eslatib oʻtgan.

“Shunday ekan, sizlardan sobiq yoki amaldagi kadastr xodimlarining har qanday shubhali takliflari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Yagona ishonchli manba – bu qonuniy yoʻldir!” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер