Judo Awards 2024: Keldiyorovaning Parijdagi gʻalabasi yil voqeligi boʻldi

08:27 03 Fevral 2025 Sport
356 0

Olimpiya oʻyinlari chempioni Diyora Keldiyorovaning yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan gʻalabasi “Yil voqeligi” deb topildi. Bu haqda Xalqaro dzyudo federatsiyasi rasmiy saytida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, kecha, 2-fevral kuni 2024-yil yakunlari boʻyicha Judo Awards 2024 taqdirlash marosimi boʻlib oʻtgan. Paris Grand Slam musobaqasi doirasida tashkil etilgan marosimda Oʻzbekiston Dzyudo federatsiyasining ikki nafar vakili nominatsiyalar gʻoliblari safidan joy olgan.

Xususan, Diyora Keldiyorovaning Parij Olimpiadasida nimchorak final bahsida yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan gʻalabasi “Yil voqeligi” deb topilgan boʻlsa, uning murabbiyi Marko Shpitka “Ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.

Judo Awards 2024 8 ta yoʻnalish boʻycha yilning eng yaxshilariga taqdim etildi, ular quyidagilar:

  • “Bolalar uchun dzyudo nominatsiyasi”da Fransiya;
  • “Tinchlik uchun dzyudo” yoʻnalishida Janubiy Afrika;
  • “Yil voqeligi” — Diyora Keldiyorovaning yengilmas raqibi Uta Abe ustidan qozongan gʻalabasi;
  • Yilning eng yaxshi murabbiylik yutugʻi — Diyora Keldiyorovaning murabbiyi Marko Shpitka (ayollar oʻrtasida), Fransiyalik murabbiy Baptiste Leroy (erkaklar oʻrtasida);
  • “Yangi yulduz” — Jon Benjamin Gava (Fransiya);
  • “Yil dzyudochisi” — Hidayat Heydarov (Ozarbayjon);
  • “Ayollar oʻrtasidagi yil dzyudochisi” — Krista Deguchi (Kanada)
  • “Yil ipponi” nominatsiyasida Teddi Reyner (Fransiya) gʻolib deb topildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер