Yoʻlsozlarga yangi texnikalar taqdim etildi (Fotoreportaj)


“Xalq soʻzi online”. Dilshod Ulugʻmurodov/Toshkent. “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati tomonidan yoʻlsozlarga qulayliklar yaratish, ularning faoliyatida ish unumdorligini oshirish maqsadida tarmoqdagi yoʻl xoʻjaligi korxonalariga 20ta zamonaviy maxsus xizmat transport vositasi topshirildi. Shu munosabat bilan Toshkent Janubiy vokzalida taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlanganidek, ayni paytda jamiyat tomonidan tashishlarni oʻz vaqtida tez va sifatli amalga oshirish hamda harakat xavfsizligi bevosita “poʻlat iz“larning sozligiga bogʻliq. Bu jarayon esa yoʻlsoz mutaxassislar mehnati bilan taʼminlanadi. Shu bois ularga bu kabi maxsus texnikalarning berilishi ayni muddaodir.
- “Isuzu” rusumidagi ushbu transport vositalari “Samarqand avtomobil zavodi“ masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilgan boʻlib, bir qator qulayliklarga ega, - deydi jamiyatning yoʻl xoʻjaligi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Muslim Ortiqov. - Xususan, avtomobil 16 yoʻlovchiga moʻljallangan. Yumshoq oʻrindiqli. Yuk koʻtarish quvvati 3 tonna 450 kilogrammni tashkil etadi. Tezligi soatiga 90 kilometr. Yoqilgʻi sarfi esa 100 kilometrga 20 litr.
Bundan tashqari, undagi sovitish va isitish tizimi yoʻlsozlarning issiq hamda sovuq havoda ham ish manziliga qiynalmasdan yetib borishlarida qoʻl keladi. Qolaversa, transport ish qurollarini olib yurish uchun maxsus joylar bilan taʼminlangan.
Qayd etish joizki, Mazkur zamonaviy avtomobillar korxonalarga eskirgan texnikalarni yangilash dasturi boʻyicha xarid qilindi.
Taqdimot marosimida “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati kelgusida buyurtma asosida tarmoqning boshqa yoʻnalishlari uchun ham shu kabi zamonaviy transport vositalarini sotib olishni rejalashtirgani aytib oʻtildi.







Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring