Yirtilgan pulni yelimlab ishlatish mumkinmi?

Иллюстратив фото
Yirtilib boʻlaklarga ajrab qolgan va yelimlangan pullar har qanday savdoda qabul qilinishi kerak.
Faqat bu holda yelimlangan pulning qismlari bitta banknotaga tegishli boʻlishi lozim. Misol uchun, 100 ming soʻmlik pul yirtilsa, unga faqat shu banknotaning yirtilgan qisminigina yelimlash mumkin (boshqa 100 ming soʻmlik pulning yirtilgan qismini emas).
Bundan tashqari, quyidagi holatlarda ham pullar ishlatishga yaroqli hisoblanib, hech qanday moneliksiz toʻlovga qabul qilinishi va tushum puli sifatida banklarga topshirilishi mumkin:
➖ har qanday qismida teshik yoki yirtilish boʻlgan, qogʻozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qogʻoz koʻrinishiga kelib qolgan) hamda dogʻlari boʻlgan va turli rasm va yozuvlar yozilgan banknotlar;
➖ boʻyoq moddalari yoki kislota toʻkilgan, tabiiy rangi oʻzgargan, kuygan, boʻyalgan yoki chizilgan pullar;
➖ umumiy hajmining 55 foizidan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan banknotlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring